Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev, tegishli o‘rinbosarlari hamda 8-Nizomiy saylov okrugi deputati Sh.Sohibov, 9-Do'stlik
saylov okrugi deputati R.Xolboboyev ishtirokida Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Uchrashuv davomida mahalla "yettiligi" faoliyati tahlil qilinib, ish samaradorligini oshirish
yuzasidan amaliy va uslubiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, turmush madaniyati va milliy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish bo‘yicha masʼul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.