Uchrashuvlar davomida yoshlarning biznes g‘oyalari tinglanib, ularni amalga oshirish mexanizmlari, davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar hamda mavjud moliyaviy ko‘mak turlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning biznes tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda hududda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi