🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashiga 12-Gul saylov okrugidan saylangan deputat Nasibaxon Imomaliyeva o‘z hududi - “G‘ijdon” mahallasining ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish hamda aholi vakillarining ijtimoiy yordam so‘rab qilgan murojaatlari bo‘yicha o‘rganuv olib bordi.
✏️ Ehtiyojmand xonadonlarning qish oldi uy ta’miri, yordamga muhtoj oilalar farzandlarining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlari
uchun to‘lov-kontraktlarini, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolar ijtimoiy himoya yordamlari bo‘yicha murojjatlar joyida o‘rganildi.
📌 Deputat tomonidan o‘rganilgan aholi vakillarining murojaatlari mutasaddilar bilan birgalikda hal etilishi belgilandi. Bu borada tegishli
tashkilotlar rahbarlariga deputat surovlari yuboriladi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi