35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi (https://t.me/senatuz/46470)
янв.21
Deputat nazorati: xotin-qizlar murojaatlari e’tibor markazida.
янв.21
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
ANGORDA ZAMONAVIY “YOSHLAR SAYILGOHI” BARPO ETILMOQDA.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – doimiy e'tibor markazida.
янв.21
Mahallaga biriktirilgan bank agenti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xotin -qizlar bilan ishlash tizimi joylarda o'rganildi.
#TermizShaharKengashi #DoimiyKomissiyalar #SessiyagaTayyorgarlik #DeputatFaoliyati #MahalliyKengash 🗣Sessiya oldidan puxta tayyorgarlik — samarali qarorlar garovi

Yig‘ilishda, avvalo, 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi va uning doimiy komissiyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda tasdiqlangan ish rejalarining ijrosi tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Asosiy e’tibor esa 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalarni sifatli tayyorlash masalasiga qaratildi. Ta’kidlanganidek, mahalliy budjet ijrosi, Prezident qarorlari ijrosi, jamoat xavfsizligi, yo‘l harakati xavfsizligi, "Tashabbusli budjet", hududlarni kompleks rivojlantirish, ijro intizomi hamda deputatlik nazorati bilan bog‘liq har bir masala amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq dastlab tegishli doimiy komissiyalar tomonidan chuqur o‘rganilishi lozim.
Yig‘ilish davomida doimiy komissiyalar tomonidan sessiya muhokamasiga kiritilayotgan har bir masala yuzasidan joylarga chiqib o‘rganish, nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish natijalari ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sessiyaga kiritilayotgan qaror loyihalarining huquqiy asoslari, ularning amaliy samaradorligi hamda deputatlar tomonidan ko‘tarilgan takliflarning to‘liq inobatga olinishi yuzasidan alohida vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida Kengash raisi D.Normuradova tomonidan doimiy komissiyalar faoliyatini yanada faollashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, joylardagi muammolarni chuqur tahlil qilish hamda sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish orqali qabul qilinadigan qarorlarning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Zero, har bir sessiya qarori — aholi manfaatlari, hudud rivoji va mahalliy davlat hokimiyati faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak.