Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
#tabrik
#tabrik

Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi tashabbusi bilan 27-iyun — Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Kogon shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari M. Narzilloyev hamda Kogon shahar Kengashi Axborot xizmati xodimi Z. Temirovalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Mazkur sana ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnatini e’tirof etish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot xizmatlari vakillari tomonidan hududdagi islohotlar, yangiliklar hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni keng jamoatchilikka tezkor va xolis yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.

Taqdirlash jarayonida M. Narzilloyev va Z. Temirovalarning sohadagi faolligi, tashabbuskorligi hamda axborot almashinuvidagi samarali faoliyati alohida e’tirof etildi. Kelgusida ham ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga ishonchli va tezkor ma’lumot yetkazish yo‘lidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3