Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
“Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassisi hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Laziz Xurramov tomonidan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda.
Hamkorlik doirasida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy maslahatlar berish hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.Shuningdek, murojaatlar bo‘yicha huquqiy yechimlarni topish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bunday hamkorlik aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini qonuniy asosda hal etish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.