Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Bir murojaat – bir yechim

#murojaat_ijrosi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bir murojaat – bir yechim

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev o‘z saylov okrugiga kiruvchi “Zaminobod” MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarga quloq tutgandi. Deputat fuqaro Saydiyeva Mahliyoning o‘z hovlisidan o‘tgan tabiiy gaz quvurini tashqariga ko‘chirilishni so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etilishi, zarur choralar ko‘rilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotga bog‘landi.

📝 Murojaat deputat tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, masala yuzasidan mutasaddi tashkilot bilan tezkor hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Natijada tegishli mutaxassislar biriktirilib, fuqaro hovlisidan o‘tgan tabiiy gaz quvuri amaldagi texnik va xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilingan holda boshqa joyga ko‘chirildi. Shu tariqa, fuqaroni uzoq vaqt davomida tashvishga solib kelgan muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi.

🔎 Murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan Mahliyo Saydiyeva deputat hamda ishlarni sifatli va mas’uliyat bilan amalga oshirgan mutasaddi tashkilot xodimlariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

🗣 Mazkur holat xalq vakillari va mas’ul tashkilotlarning hamkorligi, fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmasdan yondashish orqali aholi manfaatlarini ta’minlash va joylardagi muammolarni amaliy hal etish mumkinligini yana bir bor namoyon etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3