Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Shifokorlar — qonun himoyasida, qonunlar — aholi xizmatida:

Shifokorlar — qonun himoyasida, qonunlar — aholi xizmatida:

Tibbiyot xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va sohaga oid yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov tumandagi Oilaviy shifokorlik poliklinikasida tibbiyot xodimlari va soha mas’ullari ishtirokida qonunlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan ochiq muloqot va davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda asosan quyidagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi:

So‘nggi yillarda shifokorlar nufuzini oshirish, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining ahamiyati;

Sog‘liqni saqlash tizimiga oid qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, ularning joylardagi ijro mexanizmlari;
Deputatlar bilan hamkorlik:

Xalq deputatlari tuman Kengashi va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash.

Samimiy va savol-javoblarga boy o‘tgan davra suhbatida shifokorlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha atroflicha javoblar olishdi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari tumandagi boshqa ijtimoiy soha ob’yektlarida ham izchil davom ettiriladi.