Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
deputat faoliyati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari D.Islamova, B.Boborajabov va N.Tuykulovalar “Xadra” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar faoliyati, yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishi, ijtimoiy himoya va maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻrganish ishlarini amalga oshirdilar.
Ushbu tadbir davomida mahalla fuqarolari va yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, yoshlarning sport va madaniy tadbirlarda ishtirokini yanada rivojlantirish yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada maʼnaviy muhit va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Komissiya aʼzolari tomonidan aholining ehtiyojlarini aniqlab, ijtimoiy himoya va faoliyatni rivojlantirish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi va bu borada deputatlar nazorati ostida boʻlishi taʼkidlab oʻtildi.
O'rganish yakunida mahalla va fuqarolar bilan yaqindan ishlash — ijtimoiy taraqqiyot va yoshlar siyosatini rivojlantirishning muhim omil ekanligi belgilandi.

Slide 1 of 2