Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva hamda shahar Kengashi deputati A.Appaqov ishtirokida

OBOD MFY hududda ham Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi VII-16-27-1-0-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, “og‘ir” toifadagi mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan MANZILLI DASTUR doirasidagi ishlar o'rganildi.

Aholi yashash sharoitlarini yaxshilashning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan — toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida mahalla xonadonlarini uzluksiz suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Viloyat Kengashi qarori bilan belgilangan reja asosida mahallaning ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari tahlil qilindi. Yo‘llarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli mutaxassislarga tavsiyalar berildi.

“Bizning asosiy vazifamiz — qarorlar qog‘ozda emas, har bir ko‘chada, har bir xonadonda o‘z aksini topishini ta’minlashdir” — deya ta’kidlandi.

Slide 1 of 4