Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 103-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Toshkent viloyatida 2026-yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy tadbirlar, konsert dasturlari va tomoshalarning yillik rejasini tasdiqlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari eshitildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, doimiy komissiyaning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq viloyatdagi madaniyat va sport muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida mavjud infratuzilma holati, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy va sport xizmatlari sifati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sohada uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar va tavsiyalar belgilab berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 5