Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA

BAHORISTON MAHALLASIDAGI SUV MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abdusamad Kayumovich Bakiyev tomonidan hududdagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etish borasida navbatdagi deputatlik soʻrovi yuborildi.

3-shodlik saylov okrugi hududiga kiruvchi “Bahoriston” MFY aholisi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan jiddiy murojaat kelib tushgan.

Mahalladagi aholi xonadonlarining tomorqa yerlarini sugʻorishga xizmat qiluvchi asosiy ariq (kanal) uzoq vaqt davomida tozalanmaganligi sababli loyqa va chiqindilar bilan toʻlib qolgan.

Mazkur holatni tezkor bartaraf etish maqsadida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, Uzun tumani Suv etkazib berish xizmati DM rahbari v.v.b B.Roʻziyevaga rasmiy DEPUTAT SOʻROVI yuborildi.