Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

🤝 Tadbir davomida mahalliy vakillik organlari hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🏛 Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan islohotlar, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlarda manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

✅ Tadbir yakunida mahalliy Kengashlar va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamjihatligi hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni samarali hal etishda muhim omil ekani ta’kidlandi.