Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
🚌 Jamoat transporti masalalari aholi bilan ochiq muloqotda muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev, Kengash kotibiyati mudiri Q. Bobojonov, tuman hokimining o‘rinbosari A. Turabov hamda Toshkent viloyati Transport boshqarmasi mas’ul xodimlari “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida hududda jamoat transportining muntazam harakatlanishini ta’minlash, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

🚍 Qulay va uzluksiz transport xizmati — aholi farovonligi va hudud rivojining muhim omillaridan biridir. Bu boradagi ishlar fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4