Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Fuqarolar murojaatlari va tibbiyot sohasi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏥 Fuqarolar murojaatlari va tibbiyot sohasi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

📍 Chilonzor tumani, 26-Qozirobod saylov okrugiga qarashli 1-Qatortol MFY hududida joylashgan 7-son tug‘uruqxona jamoasining taklifiga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🏛 Uchrashuvda deputat Jamila Shermuhammedova tibbiyot xodimlari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Muloqot davomida aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, patronaj xizmatlarini samarali tashkil etish, tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va takliflar muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv interfaol savol-javoblar va ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📁 Jamila Shermuhammedova o‘z so‘zida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy masalalarning yechimiga ko‘maklashish hamda sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash ekanligini ta’kidladi.

👩‍⚕️ Shuningdek, uchrashuv davomida tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyati, bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda sohada mavjud masalalarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

💡 Yakunda bildirilgan murojaat va takliflar deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10