OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”
🗣Mazkur Qonun yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish jarayonini tartibga soladi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
⏺ Qonunning asosiy maqsadi: 💬Yer uchastkalarini olib qoʻyishda qonuniylik va adolatni taʼminlash; 💬Mulkdorlar huquqlarini kafolatlash; 💬Kompensatsiya toʻlovlarining shaffof va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash.
⏺Asosiy tamoyillar: 💬Ochiqlik va shaffoflik; 💬Adolatli va oldindan kelishilgan kompensatsiya; 💬Mulkdor roziligi (qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno); 💬Sud orqali himoya qilish kafolatlari.
⏺Kompensatsiya turlari: 💬Bozor qiymatiga teng pul mablagʻlari; 💬Teng qiymatdagi boshqa ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasi; 💬Ko‘chirish va boshqa xarajatlar qoplanishi; 💬Yoʻqotilgan foyda uchun kompensatsiya.
⏺Muhim tartib: 🔅Yer uchastkasi faqat kompensatsiya toʻliq berilgandan soʻng olib qoʻyiladi; 🔅Mulkdor oldindan yozma ravishda xabardor qilinadi; 🔅Mustaqil baholash tashkiloti jalb etiladi; 🔅Nizolar sud tartibida hal etiladi. Eslatma: Har bir fuqaro oʻz mulki daxlsizligi va adolatli kompensatsiya olish huquqiga ega.