🏡 Baku ko‘chasi, 158-uy manzilida tashkil etilgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏛 Tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, 5-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati N.A. Abduroziqova ishtirok etib, ochilish marosimida so‘zga chiqdi. Deputat yangi ta’lim maskani hududdagi bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun xizmat qilishini ta’kidlab, muassasa jamoasiga muvaffaqiyat va barqaror faoliyat tiladi.
👧👦 Yangi bog‘chaning ish boshlashi ota-onalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratib, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.