#DeputatFaoliyati
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 4-Yuqori Tallimaron saylov okrugi deputati Djumayev Zafar tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan taklif hamda tavsiyalar muhokama qilindi. Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.