Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini va o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulovning hisoboti muhokama qilindi.

#Kengash_sessiyalariga_oid

Joriy o‘quv yilida o‘qituvchilarning malaka toifalari sezilarli darajada oshirilgan.
Xususan, oliy toifali o‘qituvchilar ulushi 7,2 foizdan 9,1 foizga, birinchi toifalilar 15,3 foizdan 18 foizga, ikkinchi toifalilar 21,2 foizdan 23,5 foizga yetkazilgan. Umumiy sifat tarkibi esa 28,2 foizdan 32,3 foizga ko‘tarilgan.

Tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 464 nafar xorijiy til fani o‘qituvchilarining 331 nafari (71 foizi) milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida 4 ta tayanch maktab belgilangan hamda 8 nafar mentor-trener, 203 nafar yetakchi va 836 nafar fan o‘qituvchilari jalb etilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1