Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati I.Ahmedov hamda tuman Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev ishtirokida Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

         Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati I.Ahmedov hamda tuman Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev ishtirokida Muruvvat mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan muammolar, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi hamda bir qator tadbirkorlar bilan kredit olish masalasida uchrashilib, murojaatlar ijobiy hal etildi.

Shuningdek, hududdagi muammolar va ijtimoiy soha obyektlari joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zalida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. 28-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganilganda issiq suv masalasida muammolar borligi aniqlandi. Bog‘cha mudiri bilan suhbatlashilganda elektr ta’minoti yaxshi emasligi sababli, tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli TP 6310 elektr uzatgichdan yangi tarmoq tortish taklifini bildirdi. Ushbu masalalarni hal etilishi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 8