Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1son qaroriga asosan mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining holati, ularning to‘liq ishlayotganligi, qamrov darajasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan integratsiyalashuv holati tahlil qilindi. Shuningdek, kameralar o‘rnatilgan hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida erishilayotgan natijalar tahlil qilindi.

Mahallaning kuzatuv kameralari bilan qamrab olinmagan hududlarni aniqlash, mavjud texnik vositalardan samarali foydalanish hamda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4