Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Sadikova Barchinoy tomonidan 112-ds-487-26-sonli deputatlik so‘rovi tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga yuborildi.

Fuqarolar murojaatlari hamda joyiga chiqib o‘rganishlar natijasida Imom ota mahallasida joylashgan poliklinika binosining holati qoniqarsiz ekani aniqlandi.

📈Muassasa binosi ta’mirtalab bo‘lib, muhandislik kommunikatsiyalari eskirgan, xonalar esa sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob bermaydi.

Poliklinika moddiy-texnik bazasi yetarli darajada shakllanmagan. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, mavjud jihozlarning aksariyati ma’nan va jismonan eskirgani aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishda muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlardan muammoni bartaraf etish, poliklinika binosini ta’mirlash, zarur jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1