Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
“Neftchilar” va “Dostonobod”da ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda

           Xalq deputatlari Andijonviloyat Kengashi deputatlari O. Nosirov va Q. Qo‘ziyev, shuningdek, Jalaquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Juraevlar tuman Kengashining 2026-yil 19-martdagiVII-16-22-1-21-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Neftchilar” va “Dostonobod” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida mazkur hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Jumladan, “Neftchilar” mahallasida 5,4 km, “Dostonobod” mahallasida 5,3 km ichki yo‘llar asfaltlashtirilib, hududlarni obodonlashtirish
doirasida yo‘l yoqalariga manzarali va gul ko‘chatlari ekish ishlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Dostonobod” mahallasiga 88 dona, “Neftchilar” mahallasiga 26 dona beton ustunlar yetkazib berilgan. Xatlov natijalariga muvofiq, “Dostonobod” mahallasida 62 nafar, “Neftchilar” mahallasida 32 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi. “O‘g‘ir” mahalla sifatida e’tirof etilgan ushbu hududlarda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, ijro intizomini kuchaytirish va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi
  

Slide 1 of 10