Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
янв.21
“JANUB QUYOSHI” gazetasining 2026-yil 26-iyun kunidagi 9-10-sonida:
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Madad bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.
янв.21
Murojaatlar ijobiy yechim topmoqda.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
MUNOSABAT:Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish – har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati mahalladagi islohotlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat nazoratida Sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlaridagi ishlar o'rganildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Xamidova tomonidan Xalqobod mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va shikoyatlar tinglandi. Asosan, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar ko‘tarildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, ayrim muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3