Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
YANGI TURMUSH MAHALLASIDA MAKTAB QURILISHI BOSHLANDI
янв.21
Deputat nazoratida — Gilambob mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputalarning ijtimoiy tarmoqlardagi haftalik chiqishlari reja-jadvalining ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar tomonidan hududdagi 6-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Markaz mahallasida tizimli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich o‘zi saylangan hudud – “Quyosh” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahalladagi profilaktika inspektorining hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati o‘rganildi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Muloqot jarayonida profilaktika inspektorining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tinglanib, uning xizmat faoliyati, mas’uliyat darajasi hamda alohida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan mahallada jinoyatchilikning oldini olish, “Xavfsiz mahalla” tizimini yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, aholi kam qatnovchi va hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Tadbir yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 3