Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
YANGI TURMUSH MAHALLASIDA MAKTAB QURILISHI BOSHLANDI
янв.21
Deputat nazoratida — Gilambob mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputalarning ijtimoiy tarmoqlardagi haftalik chiqishlari reja-jadvalining ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar tomonidan hududdagi 6-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Markaz mahallasida tizimli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
Deputat biriktirilgan hududdagi turizm zonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyatini yanada oshirish hamda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida deputatlar tomonidan joylarda
amalga oshirilayotgan ishlar muntazam o‘rganib borilmoqda. Shu maqsadda Xalq
deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi
10-Shirmonbuloq
saylov okrugi deputati D.Akramov o‘ziga biriktirilgan hududdagi turizm zonasiga tashrif buyurib, bu yerda olib
borilayotgan ishlar, yaratilayotgan infratuzilma hamda tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
 

Tashrif davomida deputat turizm zonasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, yangi xizmat ko‘rsatish
maskanlari tashkil etilishi, sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan hududda mehmonxonalar, dam olish maskanlari, milliy hunarmandchilik savdo nuqtalari hamda ovqatlanish shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 

Shuningdek, hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, hududni yanada obodonlashtirish hamda ekologik muhitni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Deputat turizm zonasining rivoji nafaqat
hudud iqtisodiyotini yuksaltirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
 

Tashrif yakunida deputat hududda amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, turizm zonasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi. 

   

Slide 1 of 5