Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
YANGI TURMUSH MAHALLASIDA MAKTAB QURILISHI BOSHLANDI
янв.21
Deputat nazoratida — Gilambob mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputalarning ijtimoiy tarmoqlardagi haftalik chiqishlari reja-jadvalining ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar tomonidan hududdagi 6-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Markaz mahallasida tizimli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 SHEROBOD TUMANIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov tomonidan “Dehqonariq” mahalla yettiligi ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, deputat mahalla hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabida ham bo‘lib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 6