Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Rahmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 38-uy hamda 41-uylar hovlilarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida mazkur hududlarda jami 4 dona kanalizatsiya quduqlari qopqoqlari mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu holat aholi xavfsizligi, xususan bolalar va keksalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, shuningdek, sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mazkur masala yuzasidan tegishli kommunal xizmat tashkilotlariga rasmiy murojaat va so‘rovlar yuborilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kanalizatsiya qopqoqlarini qayta o‘rnatish bo‘yicha choralar ko‘rilishi belgilandi.