Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLA — TARAQQIYOT SARI!

 Bugun, 2026-yil 12-yanvar kuni, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, “Jingovuz” MFY raisi N.U.Sharipova tomonidan yillik dastur ijrosi yuzasidan aholiga murojaat qilindi.

Murojaat davomida 2025-yilda mahallada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar rejasi taqdim etildi.

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash;

Aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish;

Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish;

Fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish kabi muhim yo‘nalishlar
bo‘yicha aniq va manzilli tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, deputat tomonidan Prezidentning 2025-yil 26- dekabrdagi Murojaatnomasida erishilgan yutuqlar tahlil qilinib, global o‘zgarishlar va jamiyat ehtiyojlarini inobatga olgan holda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini yangilash zarurligi ta’kidlanganligi hamda strategiya loyihasining jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi davlat boshqaruvida ochiqlik va fuqarolik jamiyati ishtirokining amaliy namunasi ekanligi qayd qilindi.

Slide 1 of 1