Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida yangi saylangan tuman (shahar) Kengashi raislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
“TO‘YDA ISROF – JAMIYATDA ADOLATSIZLIK URUG‘I”

 “TO‘YDA ISROF – JAMIYATDA ADOLATSIZLIK URUG‘I” 

 

Xalilov Olimboy Xalilovich Xalq deputatlari
Do‘stlik tuman Kengashi Kotibiyati mudiri 

“To‘y – tomosha hayot mazmuni emas. U faqat bir
bosqich. Uni me’yordan oshirib, xalqni o‘ziga qarzdor qilish zulmdir”.  

 Is’hoqxon Ibrat 

 Yurtimizda to‘y-marosimlar
qadim-qadimdan xalqimiz madaniyatining, mehr-oqibatining ifodasi bo‘lib kelgan.
Ammo so‘nggi yillarda bu marosimlarning ma’naviy mohiyatidan ko‘ra, tashqi
ko‘rinishi, dabdabasi, ortiqcha isrofi ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Natijada
jamiyatda tengsizlik, ijtimoiy bosim va hatto korrupsiyaning ham ildizi shu
marosimlarda o‘z aksini topmoqda.
 

Bugun bir oila to‘y
o‘tkazayotgan bo‘lsa, uning sarf-xarajatlari ko‘pincha oilaning moliyaviy
imkoniyatlaridan ancha oshib ketadi. 2023-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan
ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, to‘y o‘tkazgan oilalarning 46 foizi marosim
xarajatlarini qoplash uchun qarz olgan, ularning 28 foizi esa bu qarzni 1
yildan ortiq muddatda qaytarishini bildirgan.
 

Qimmat restoranlar, mashhur
san’atkorlar, hashamatli avtomobillar — bularning bari “odamlar nima deydi?”
degan tashvish ortidan kelmoqda. Tahlillarga ko‘ra, to‘y marosimining o‘rtacha
qiymati 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi, bu esa ko‘plab oddiy oila
uchun 2-3 yillik jamg‘armasiga teng. Ba’zi hollarda bu mablag‘lar noqonuniy
yo‘llar — xususan, korrupsiya evaziga qoplanmoqda
 

Eng achinarlisi, bunday holat
nafaqat oilaviy muammolarga, balki ijtimoiy adolatsizlikning chuqurlashishiga
olib kelmoqda. Oddiy mehnatkash yoki kam ta’minlangan oilalar hashamatli
to‘ylar fonida o‘zini kamsitilgan his qiladi. Bu esa yoshlarda norozilik, jamiyatga
nisbatan ishonchsizlik kayfiyatlarini uyg‘otishi mumkin.
 

Yuqorida ta’kidlanganidek, to‘y
va marosimlarda ko‘p hollarda isrofgarchilik va dabdabani moliyalashtirish
imkoniyati bo‘lmaganlar noqonuniy yo‘llarga murojaat qilishni boshlaydi. Aynan
shunday vaziyatlar korrupsiyaning oddiy ko‘rinishda jamiyatga ildiz otishiga
sabab bo‘ladi. Ish joyida noqonuniy daromad orttirish, mansabdan shaxsiy foyda
uchun foydalanish, tanish-bilishlar orqali imkoniyatlar yaratish – bularning ko‘pi
bir qarashda “uyat bo‘lmasin”, “to‘yni munosib o‘tkazaylik” degan niyatlar
ortida yashiringan bo‘ladi.
 

Korrupsiya – yashirin, ammo
kuchli adolatsizlik vositasi. Zero, Prezidentimiz aytib o‘tganlaridek:
“Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq, adolatga tahdid. U xalqimizning davlatga bo‘lgan
ishonchini yemiradi”. U jamiyatda tengsizlikni chuqurlashtiradi, mehnatkash va
halol odamni chetga chiqaradi, o‘zini “qonunni bilmaydigan oddiy xalq” deb
hisoblagan qatlamda umidsizlik uyg‘otadi. Ayniqsa, to‘y uchun pora berish yoki
noqonuniy mablag‘ topish holatlari — bu nafaqat oila, balki jamiyatni ham
buzishga xizmat qiladi.
 

Jahon banki ma’lumotlariga
ko‘ra, korrupsiya rivojlanayotgan davlatlarda umumiy iqtisodiy o‘sishga yiliga
2-3% zarar yetkazadi. O‘zbekistonda ham bu illatga qarshi kurash doirasida
so‘nggi yillarda qonunchilik kuchaytirildi, xususan, Korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi tashkil etildi va turli ochiqlik siyosatlari joriy etildi.
 

Biroq qonunlar qanchalik
kuchli bo‘lmasin, agar odamlar ongida o‘zgarish bo‘lmasa, bu kurashning
samarasini ko‘rish mushkul bo‘ladi. Shuning uchun ham, to‘y va hayotdagi boshqa
marosimlarni soddalashtirish, o‘zini boshqalar bilan solishtirish illatidan voz
kechish — korrupsiyaga qarshi kurashda eng muhim qadamlardan biridir.
 

Shu sababli, bugungi kunda
to‘ylarni soddalashtirish, ularni ma’naviy qadriyatlarga asoslangan holda
o‘tkazish zarurati dolzarb masalaga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 2025-yil 21-apreldagi
PF-71-sonli farmonidagi 1-ilovaning 18-bandida:
“to‘ylar,oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga
solish, yoshlarga tejamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi
mexanizmlarni yaratish lozim dab
ta’kidlab, to‘y va marosimlarda ortiqcha
dabdabani cheklash yuzasidan maxsus tartiblar belgilanishi tog‘risida ko‘rsatma
beradi.
 

To‘y — baxtning boshlanishi,
hayotdagi eng muhim qadamlardan biri. Bu marosim orqali obro‘ orttirish emas,
balki oila qurayotganlarga madad berish, duoga qo‘l ochish kerak.
Isrofgarchilik esa na baxt olib keladi, na baraka. U faqat jamiyatda
adolatsizlik va tengsizlik urug‘ini sochadi.
  

Adolat — jamiyat tayanchi.
Ammo adolat jamiyatda emas, avvalo kishining qalbida boshlanadi. Har kim
o‘zining halol mehnatiga suyanib yashasa, hech bir to‘y yoki marosimda isrof va
soxta obro‘ga intilmasa — na korrupsiya bo‘ladi, na adolatsizlik. Shundagina
jamiyat sog‘lom, teng va mustahkam poydevor asosida rivojlanadi.
  

Slide 1 of 3