Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
Taqdimot davomida davlatimiz rahbari tomonidan soʻnggi 9 yil mobaynida erishilgan yutuqlar shuningdek, yangi yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Xususan, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, korrupsiyaning oldini olish hamda ekologiyani yaxshilash taʼkidlandi.
Shuningdek, joriy yilda kasbiy taʼlim tizimiga yangicha eʼtibor va yuksak masʼuliyat yuklanayotgani, har qachongidan-da masʼuliyat bilan faoliyat olib borishni talab etishi qayd etildi.