Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Андижон шаҳар Кенгашининг 4-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 3-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
TEST
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi joylarda o‘rganilmoqda.
янв.21
Ishsizlik va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar deputatlik nazoratini o‘rganib chiqilmoqda.
янв.21
Horijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish va ularni ehtiyojidan kelib chiqib oilasi va o‘zlari uchun munosib sharoit yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Ҳорижда ишлаётган юртдошларимизни Ватанга қайтариш ва уларни эҳтиёжидан келиб чиқиб оиласи ва ўзлари учун муносиб шароит яратиш ҳамда камбағалликни қисқартириш бўйича тизимли ишлар амалга оширилмоқда.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi joylarda o‘rganilmoqda.
янв.21
Horijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish va ularni ehtiyojidan kelib chiqib oilasi va o‘zlari uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi joylarda o‘rganilmoqda.
Mahalla tajribasi ommalashadi

Samarqand shahrining Mehrobod mahallasi, qadimiy mahallalardan biri. Bu yerda aholi xonadonlari, ko‘cha va xiyobonlarni obodonlashtirish, tartibga keltirish, daraxtlarga shakl berish, qabriston hamda ariqlarni tozalash ishlari deyarli nihoyasiga yetdi.

Samarqand shahridagi Saidrizo Alizoda nomli mahallada xalq deputatlari viloyat va Samarqand shahar Kengashlari deputatlari tashabbusi bilan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini, keng tartibda, xashar yo‘li bilan o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati xaqida ma’lumot berishdi.

Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, mo‘tadil tabiiy muhit yaratish avvalambor inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qo‘shadigan hissasi xaqida fikr yuritildi.

Saylov okrugiga qarashli 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilishi, xasharda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahallalardagi sakkizlik vakillari, ko‘chaboshi va faollarning zimmasiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Mehrobod mahallasi tajribasini ommalashtirish, mahallalarni obod maskanga aylantirish yuzasidan amaliy tadbirlar boshlab yuborildi.

Slide 1 of 3