Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U.Normatov tomonidan rekonstruksiyadan chiqarilgan Shirin shahar “Kelajak markazi” faoliyati o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, to‘garaklar faoliyati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

➡️Shuningdek, rekonstruksiya natijasida yaratilgan yangi va zamonaviy sharoitlardan samarali foydalanish, yoshlarning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’lim, kasb-hunar va ijodiy yo‘nalishlarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2