35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sport vaziri o‘rinbosari Andijon shahar 2-son sport markazidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin Andijon shahar 2-son sport markazida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida sport markazida olib borilayotgan ishlarning amaldagi holati, sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Markazda sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, infratuzilmani takomillashtirish va sport obyektlarini zamonaviy talablar asosida jihozlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1