35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24 TAVSIYA ASOSIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahridagi “Yuksalish” MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlarni manzilli yetkazish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.