35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Yashnabod» MFY yoshlar yetakchisi bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda mavjud masalalar, ularning murojaat va takliflari yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.