35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

24 tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda yo‘lovchilar uchun chiptalarni xarid qilish qulayligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, 1-sonli elektrobus parkida avtobuslarning texnik holati, harakatlanish jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Park bosh dispetcheri bilan suhbat davomida avtobuslar ertalab soat 06:00 dan 22:30 gacha muntazam harakatlanishi, yo‘nalishlarda avtobuslar oralig‘idagi vaqt o‘rtacha 8–10 daqiqani tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, harakatlanish jarayonida avtobuslarda nosozlik yuzaga kelgan taqdirda, park zaxirasida 8–10 ta avtobus doimiy ravishda shay holatda saqlanishi bildirildi.

Slide 1 of 3