35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OTA-ONALAR MAS’ULIYATI VA FARZAND TARBIYASI MUHOKAMA QILINDI

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tashabbusi bilan Andijon shahar bolalar shifoxonasi xodimlari ishtirokida farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati va shaxsiy namunasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni va mas’uliyati, oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, farzandga shaxsiy namuna bo‘lish hamda uning kelajagiga befarq bo‘lmaslik masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, yosh avlodning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi, bolalar salomatligini asrash, turli kasalliklarning oldini olish hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbatida deputat X.Xolmatov tomonidan oilalar bilan ishlash, ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish va sog‘lom avlod tarbiyasiga qaratildi.

Slide 1 of 2