Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Madaniyat MFYda inson ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishildi.

Suhbat davomida ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmat va ko‘mak ko‘rsatish, yolg‘iz keksalar hamda alohida e’tiborga muhtoj oilalar bilan ishlash borasidagi faoliyat muhokama qilindi.

Fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.