35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Bugundan yangi o‘quv yili boshlandi. Mirzo Ulug‘bek tumandagi maktablarda 1-qo‘ng‘iroq yangradi. Xususan, 64-sonli umumta’lim maktabida ham 1-qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Yuldasheva ishtirok etib, deputat maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun o‘quv fanlarini chuqur bilishlari, turli olimpiadalarda faxrli o‘rinlarni egallashlari va maktab nufuzini yanada ko‘tarishlarini tiladi.

Shuningdek, o‘tgan o‘quv yili davomida faol va namunali o‘quvchilar hamda ustozlar e’tirof etilib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 3