Kogon shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni hamda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati I. Jalilova ishtirok etdi.
Bayram tadbirida 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” topshirilib, birinchi qo‘ng‘iroq bilan yangi 2026–2027-o‘quv yiliga start berildi. Shuningdek, Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati