35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sport-ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatidagi sport-ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin tomonidan Andijon shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga yetkazib berilgan sport kiyimlari yosh sportchilarga topshirildi.

Mazkur sport kiyimlari yoshlarning mashg‘ulot va musobaqalarda munosib ishtirok etishi, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yoshlar sportini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sportga e’tibor — kelajakka e’tibor!

Slide 1 of 5