35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Navro‘z MFYda jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Navro‘z MFYda mahalla raisi hamda profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni barvaqt aniqlash, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.

Hududdagi profilaktik va o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.