Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida yangi saylangan tuman (shahar) Kengashi raislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
KENGASH FAOLIYATI :

KENGASH FAOLIYATI : 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 15 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. Jarqo‘rg‘on tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza etish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman prokurori, adliya maslahatchisi B.Xaydarovning axboroti to‘g‘risida.

2. Jarqo‘rg‘on tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktik holati shuningdek jamoat xafsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikga qarshi kurash bo‘yicha tumanda 2024 yil davomida ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Berdinazarovning hisoboti to‘g‘risida.

3. Jarqo‘rg‘on tumanida 2024-yil davomida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlarining holati 2025 yilda sog‘likni saqlash sohasida tumanda amalga oshirilishi belgilangan ishlar to‘grisida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i E.Qullievning hisobotini muhokama qilish to‘g‘risida. 

4. Jarqo‘rg‘on tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqidagi tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari M.Ibrohimovlarning hisobot va ma'ruzalarini tinglab, sessiyada muhokama qilib va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga oliib tegishli qarorlar qabul qilindi va tasdiqlandi. 

Kun tartibidagi qolgan 11 ta masala xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida ko'rib chiqilb, doimiy komissiya qarori tasdiqlash uchun sessiya kun tartibiga kiritildi. 

 📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning instagram (https://www.instagram.com/reel/DFU0LrwNnuF/?igsh=MWp0bGNmZXN4YmtrNQ==) sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 1