Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida yangi saylangan tuman (shahar) Kengashi raislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig'ilishi boʻlib otdi. 

Yig'ilish kun tartibiga 3 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-sonli hamda xududlarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4102-qarorlarining ijrosi yuzasidan tuman sektorlarida 2024 yil IV-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida sektor rahbarlarining hisoboti hamda 2025 yil I-chorakka mo‘ljallangan “Yo‘l xarita” larini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2025-yil boshida shakillangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larning xarajatlarga yo‘naltirilishi hamda tumanda 2024-yil IV-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash bo‘yicha tuman iqtisodiyot va moliya bolimi boshligi A.Safarqulovning hisoboti to‘g‘risida.

3. Jarqo‘rg‘on tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash hamda tuman bo‘yicha 2025-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qat’iy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Almardanovning hisoboti to‘g‘risidagi hisoboti deputatlar muhokamasiga qo'yildi, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan kun tartbidagi masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga tasdiqlash va muhokama qilish uchun kiritildi.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi 

Slide 1 of 1