Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida yangi saylangan tuman (shahar) Kengashi raislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashining beshinchi sessiyasi

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI  

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining beshinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Dastlab, Kattaqo‘rg‘on shahrini ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish,“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlarni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan 2024-yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi qoldiq mablag‘larini 2025-yil “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga yo‘naltirish hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi nizom va komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha qarorlar tasdiqlandi. 

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 10