Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida yangi saylangan tuman (shahar) Kengashi raislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
2025-yil " Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"

     2025-yil 22-yanvar kuni Bo'ka tumani 3-son maktabda "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda 1,2,3,4,5,16-maktablarini 14 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan o'quvchilaridan tashkil topgan komandalar o'zaro musobaqalashdi. 

     Tadbirda xalq deputatlari Kengashi deputatlari D.Po'latov va M.Yo'ldoshevalar qatnashdilar.

     Tadbirni xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputati D. Po'latov ochib berdi. Mamlakatimizdagi ekologiya sohasidagi yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar, hamda 2025-yilni " Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" deb nomlanishining maqsadlari borasida yig'ilganlarga so'zlab o'tdi. 

    Tadbir 4 shartdan iborat bo'lib, o'quvchilar o'zlarini ekologiya borasidagi bilimlarini namoyon etdilar. Hakamlar hayʼati tomonidan o'quvchilarning chiqishlari baholanib borildi. 

   Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu boradagi tadbir tumandagi barcha maktablarda davom etmoqda.

Slide 1 of 10