35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

EZGU TASHABBUS YO‘LIDA HAMJIHATLIK: “BIRODARLIK” QABRISTONIDA HASHAR

Hasharda shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash deputati T.Berdiyev, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda ko‘ngilli fuqarolar faol qatnashib, qabriston hududini tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirdilar. Dastlab barcha hasharchilar yig‘ilib, ishlarning samaradorligini ta'minlash maqsadida vazifalar o‘zaro taqsimlandi.

Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. Hashar 2026-yil 2-avgust kuni ham davom etib, qabriston hududini yanada obod va saranjom holatga keltirish ishlari izchil olib boriladi.

Barcha ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga hamda “Birodarlik” qabristonini obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shishga chorlab qolamiz.

Slide 1 of 6