35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

27-sessiya oldidan amaliy tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 31-iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan 20-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan amaliy tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Х. Xolmatov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov hamda Andijon shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi O. Abdulhamidov ishtirokida sessiyada muhokama etilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, tegishli hujjatlar ko‘rib chiqildi hamda taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Bu kabi amaliy tayyorgarlik ishlari sessiya kun tartibidagi masalalarni har tomonlama puxta o‘rganish, asosli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1