Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B. Muydinov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan "O‘zgarish" MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish va obodonlashtirish yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, tavsiyalar ijrosini samarali tashkil etish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.